Meta bilan to'g'ridan-to'g'ri ulanish

Targetolog uchun havo va suvdek zarur dastur

Barcha reklama kabinetlari, byudjetlar, lidlar va mijozlar — bitta ekranda. Kabinetga qayta-qayta kirib vaqt sarflamang: ishni shu yerdan boshqaring.

  • Karta talab qilinmaydi
  • Bir daqiqada ulanish
  • Istalgan vaqtda bekor qilish
Targetly — bosh panel

Sarf

$1 240

Lidlar

86

CPL

$14.4

CTR

2.1%

Kunlik sarf

+18%

Kunlik byudjet

−10%$50+10%

Lidlar oqimi

  • AAziz R.Yangi
  • DDilnoza K.Bog'lanildi
  • SSardor T.Sotildi

Nima uchun

Targetolog kunini nimaye eyib qo'yadi

Kunlab Ads Manager'da

Har bir mijoz uchun kabinetga kirib, byudjetni qidirib, ko'rsatkichlarni qo'lda yig'ishga ketadigan vaqt.

Lidlar yo'qoladi

Meta lid-formalaridagi nomerlar ko'chib qoladi, bog'lanish kechikadi, sotuv esa soviydi.

Mijozga hisobot qiyin

Har oy oxirida ekran rasmlari va qo'lda yig'ilgan jadvallar — tartibsiz va ishonchsiz hisobot.

Imkoniyatlar

Kerakli hamma asbob bitta joyda

Byudjetni joyidan boshqaring

Kampaniya va guruhlar byudjetini Ads Manager'ga qayta kirib o'zgartirish shart emas. Kunlik limitni bu yerdan belgilang.

Sarf, CPL, CTR, CPC

Kunlik grafik bilan: qancha sarfladingiz, bir lid necha turdi.

Lidlar CRM'ga tushadi

Meta lid-formalaridan kelgan nomerlar status bilan saqlanadi.

Har mijoz uchun hisobot

Byudjet va natijalar bitta kartada — nusxalab mijozga yuboring.

Xavfsiz ulanish

Meta kalitlari faqat serverda saqlanadi, brauzerga chiqmaydi.

Qanday ishlaydi

Uch qadamda ishga kirishasiz

  1. 01

    Hisobingizni ulang

    Meta hisobini bir tugma bilan ulaysiz. Parol, token, kod yozish shart emas.

  2. 02

    Kabinetni tanlang

    Reklama kabinetlaringiz ro'yxatdan ko'rinadi — keraklisini tanlab, davom etasiz.

  3. 03

    Boshqaring

    Byudjetni sozlang, lidlar bilan ishlang, hisobotni yuboring. Hammasi bitta ekranda.

Lidlar oqimi

Har bir nomer o'z holicha qolmaydi

Meta lid-formalaridan kelgan nomerlar CRM'ga tushadi. Kim bilan bog'lanish, kim qiziqqan, kim sotilgan — bittasida ko'rinib turadi.

  • Bir tugma bilan Meta'dan lidlarni yuklab olish
  • Status belgilash: yangi, bog'lanildi, qiziqqan, sotildi
  • Lidni mijozga bog'lab, hisobotni tayyor holida yuborish

Bugungi lidlar

12 yangi
  • Aziz Rahimov+998 90 123 45 67Yangi
  • Dilnoza Karimova+998 91 234 56 78Bog'lanildi
  • Sardor Tursunov+998 93 345 67 89Sotildi
  • Malika Yusupova+998 97 456 78 90Qiziqqan

Kalitlar faqat serverda

Meta bilan bog'lanish kalitlari foydalanuvchilarga ko'rsatilmaydi va brauzerga uzatilmaydi. Ularni faqat platforma administratori kiritadi.

Nazorat sizda

Ulangan hisobingizni istalgan vaqtda uzib qo'yasiz. Ruxsatlar faqat reklama ma'lumotlarini o'qish va boshqarish bilan chegaralangan.

Ko'p beriladigan savollar

Bugun boshlang — ertaga hisobot tayyor

Meta hisobingizni ulang va birinchi kampaniyangizni shu yerdan boshqaring.